My Joomla

O‘zbekistonda 2017 yil Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb e’lon qilindi.

mirziyoyev 1 1

 

           “Gazeta.uz” manbalarining ma’lum qilishicha, bu taklif O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish vaqtida O‘zbekistonning saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan bildirilgan.  O‘zbekistonda 1997-yildan beri har bir-yilni ma’lum bir sohaga bag‘ishlash an’anaga aylangan (1996-yil Amir Temur yili deb e’lon qilingan). Yakuniga yetib borayotgan 2016-yil Sog‘lom ona va bola yili deb e’lon qilingan edi.

Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi

rasmiy 6924

O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston 

Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24-yilligiga bag‘ishlangan tantanali 

marosimdagi ma’ruzasi

Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!

Hurmatli xonimlar va janoblar!

Vatanimiz hayotidagi qutlug‘ sana – Konstitutsiyamiz qabul qilingan kunni nishonlash arafasida go‘zal va muhtasham “O‘zbekiston” anjumanlar saroyida sizlar bilan uchrashib turganimdan g‘oyat mamnunman.

Barchangizga, butun xalqimizga o‘zimning cheksiz hurmat va ehtiromimni izhor etib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24-yillik bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etishga ruxsat bergaysiz.

1992-yil 8-dekabrda mustaqil O‘zbekistonimiz Konstitutsiyasining qabul qilinishi mamlakatimiz hayotida muhim tarixiy voqea bo‘ldi.

1Институт ётоқхонасида Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганлигининг  24 йиллиги муносабати билан маънавий- маърифий тадбир ўтказилди.

          2016 йил 6-декабр куни куни “Ижтимоий-иқтисодий фанлар” кафедраси томонидан институт ётоқхонасида истиқомат қилувчи тингловчилар билан ҳамкорликда Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганлигининг 24 йиллиги муносабати  билан «Конституция –бахтимиз қомуси»  мавзусида маънавий- маърифий тадбир ташкил этилди.

Қашқадарё ВХТХҚТМОИ да 2016 - йил 21 - октябр куни давлат тилимиз қабул қилинганиннг 27 йиллиги муносабати билан   “Тил ва адабиёт таьлими”  кафедраси  профессор-ўқитувчилари томонидан  “Тил - миллат қалби”  мавзусида маънавий -маърифий тадбир  ўтказилди

               2016 йилнинг   21 - октябрь куни соат 12:30 да “Тил ва адабиёт таълими ” кафедрасининг профессор-ўқитувчилари томонидан 21 октябр куни “Тил - миллат қалби  мавзусида маънавий-маърифий тадбир бўлиб ўтди.