My Joomla



 

Qashqadaryo viloyati xalq ta‘limi boshqarmasi.

Qashqadaryo viloyat xalq ta ‘limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.

 “Tabiiy va aniq fanlar ta‘limi” kafedrasi tomonidan “Chiroqchi” tumanidagi 27-sonli o‘rta maktabda o‘tkazgan “Tabiiy va aniq fanlarni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanish” mavzusida 13.05.2016 yil kuni ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi va yuqori saviyada o‘tkazildi. Ilmiy-amaliy seminarning dasturi bo‘yicha maktab faollar zalida tanishuv o‘tkazildi, so‘ngra ma‘ruzalar tinglandi va analiz qilindi, kerakli metodik maslaxatlar berildi.

         “Tabiiy va aniq fanlar ta‘limi” kafedrasining o‘qituvchilari №27 maktabdan tabiiy fanlar darslariga kirib, darslar analiz qilindi. Kerakli maslahatlar berildi.

QVXTXQTMOI rektori f.f.n: G.Ernazarova so‘zga chiqib “Umumiy o‘rta ta‘lim maktab o‘qituvchi va o‘quvchilarining odob-axloq qoidalari” mavzusida ma‘lumot berib bu qoidalar bilan barcha ta‘lim muassasalari tanishib chiqqan va qattiq rioya qilish kerakligini aytib o‘tildi.

         QVXTXQTMOI “Tabiiy va aniq fanlar ta‘limi” kafedrasi Informatika fani o‘qituvchisi B.Mamatov o‘quvchilarga “Web saxifa yaratish” mavzusida maruza qildi.

         Shundan so‘ng Chiroqchi tumanidagi 51-conli maktab direktori Q.Sadriev “Bitta shaklda mujassamlashgan matematika” mavzusida ma‘ruza qildi.        

         “Tabiiy va aniq fanlar ta‘limi” kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan bir qancha metodik mahsulot, dars ishlanmalar, elektron darsliklar, o‘quv filmlar, slaydlar, vertual labaratoriyalar va boshqa metodik materiallarni elektron hamda qog‘oz variantlarda etkazib berildi.

         Seminar yakunida Chiroqchi tumani Xalq ta‘lim mudirasi N.Abrayeva so‘zga chiqib, ta‘limga kuchli e‘tibor qaratilganligini, ta‘lim olishga bo‘lgan e‘tiborni yanada oshirish  va axborot ma‘lumotlaridan  barchamiz ogoh bo‘lish kerakligini  ta‘kidlab o‘tdilar.

№27 maktabda seminar davomida ochiq savol-javoblar, maktab muammolari haqida kelishib olindi.

1

2

3

4