My Joomla



G’uzor  tumani 34-umumiy o’rta ta’lim maktabida “Mahorat maktablari” yo’nalishi  bo’yicha maktab faoliyatini o’rganish va metodik materialar bilan ta’minlash yuzasidan olib borilgan ishlar haqida

Boshlang’ich sinf darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan va AKTlardan foydalanish hozirgi kunda ta’lim jarayonidagi dolzarb talablardan biri hisoblanadi. 

Shu maqsadda  2016 yil 1-aprel kuni XTXQTMOI  Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim kafedrasi G’uzor  tumani  34-umumiy o’rta ta’lim maktabida “Mahorat maktablari” yo’nalishi  bo’yicha maktab faoliyatini o’rganish va metodik materilarlar bilan ta’minlash yuzasidan ishlar olib borildi.  

         VXTXQTMOI Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim kafedrasi

o’qituvchilari M. Safarova hamda O. Ziyatovalar hududlarda tashkil etilgan ”Mahorat maktablari” ning faoliyatini tashkil etish bo’yicha kelgan savolnomada ko’rsatilgan bandlar yuzasidan:

  1. “Mahorat maktablari” ining trener-o`qituvchilari banki (trener-o`qituvchilar haqida ma`lumot).
  2. Maktabning so`nggi 5 yillikda erishgan yutuqlari (tadbir, tanlov, “Bilimlar bellashuvi”, olimpiada, seminarlar va hokazolar) haqida yig`mi jild.
  3. Hududlarda tashkil etilgan “Mahorat maktablari” da o`qituvchilarga amaliy-metodik yordam ko`rsatish uchun “Metodik xonalar” ning mavjudligi, kerakli materiallar va texnik vositalar bilan ta`minlanganligi, metodik materiallarning jamlanganligi.
  4. Viloyat “Mahorat maktablari” o`quvlarida tumanlardan qatnashayotgan trener-o`qituvchilarning soni, ro`yxatining shakllantirilganligi, ishtirok etishini qayd etish jurnalining yuritilish ahvoli.
  5. Tumanlarda tashkil etilgan tayanch “Mahorat maktablari” o`quvlarida tumanlardan qatnashayotgan trener-o`qituvchilarning soni, ro`yxatining shakllantirilganligi, ishtirok etishini qayd etish jurnalining yuritilish ahvoli.
  6. “Mahorat maktablari” o`qituvchilari tomonidan tayyorlangan namunaviy dars ishlanmalar, qo`llanma, tavsiya va boshqalarning mavjudligi.
  7. Ilg`or tajribali o`qituvchilar banki.
  8. Hukumat mukofotlariga sazovor bo`lgan o`qituvchilar banki.
  9.  Ta`lim jarayonini yanada takomillashtirish bo`yicha maktab o`qituvchilarining takliflari, fikr-mulohazalari.
  10.  Tashkil etilgan “Mahorat maktablari” da suhbat, test, anketa-so`rovnomalari orqali o`qituvchilarning ehtiyojlarini aniqlash.
  11.  “Mahorat maktablari” da olib borilayotgan faoliyatning natijaviyligini aniqlash uchun  Monitoring yuritilishining qayd etish daftarini shakllantirish.
  12.  O`quvchilarda aniqlangan bo`shliqlar bo`yicha tayyorlangan metodik tavsiyani “Mahorat maktabi” ga yetkazish kabi ishlarning tashkil etilishi o’rganib chiqildi va tavsiyalar berildi.

Ushbu olib borilgan tizimli ishlarning taskil etishda G’uzor tuman XTMFMTTEB Boshlang’ich ta’lim uslubiyotchisi S. Ergashev hamda  G’uzor  tumani  34-umumiy o’rta ta’lim maktabida direktori S. G’aniyeva va mahorat maktabi bo’yicha mas’ul o’qituvchi Z. Hasanova yaqindan amaliy  yordam berdilar. 

         O’qituvchilarning metodik ehtiyojlarini aniqlash maqsadida  ANKETA so’rovnomasi olindi.