My Joomla



 Qashqadaryo VXTXQTMOI da Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim kafedrasi  o’qituvchisi M. Zaripovaning “Qiziqarli amaliyot” o’quv qo’llanmasi va “Bolajon, darsga tayyormisan?” ilmiy-ommabop qo’llanmalari taqdimoti o’tkazildi.

             “Biz-dunyodagi rivojlangan, demokratik davlatlar qatoriga ko’tarilishini eng yuksak maqsadimiz sifatida qo’ygan ekanmiz, bunday o’ta muhim va mas’uliyatli vazifa, avvalombor, hal qiluvchi kuch bo’lib maydonga chiqayotgan, zamonaviy bilim va tajribaga ega bo’lgan, mustaqil fikrlaydigan, vatanparvarligi va hozirligi bilan ajralib turadigan turadigan yosh avlodimiz zimmasiga tushadi. O’rtaga qo’yilgan bunday ulkan vazifaning naqadar chuqurligini va mas’uliyatini hisobga oladigan bo’lsak, ta’lim-tarbiya sohasini rivojlantirirshda mablag’imizni ham o’zimizni ham ayamasligimiz kerak” deb aytgan edi prezidentimiz I A. Karimov.    

XTXQTMOIning  faollar zalida Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim kafedrasi  o’qituvchisi M. Zaripovaning “Qiziqarli amaliyot” o’quv qo’llanmasi va “Bolajon, darsga tayyormisan?” ilmiy-ommabop qo’llanmalari taqdimoti  bo’lib o’tdi. Taqdimotni Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti rektori  dots. G. H. Ernazarova ochib berdi va bunday darsliklar o’qituvchilarning ehtiyojini qondirishga xizmat qilishi haqida aytib o’tdi.  Keyingi ma’ruzani XTXQTMOI Ma’naviy-ma’rifiy  ishlar bo’yicha prorektor dots. T. Qurbonov “Didaktik materiallarning darsdagi samarasi” mavzusida nutq so’zladi. “Bolalarni nutqini rivojlantirishda chet tilining ahamiyati” mavzusida QDU “Tarix va ijtimoiy fanlar” fakulteti dekani, tarix fanlari doktori, prof. B. Eshov  ma’ruza qildi. 

Yakuniyso’zniMaktabgacha, boshlang’ichvamaxsusta’limkafedrasimudiriM. Shodiyeva“Boshlang’ichsinfdarslaridao’yinvashe’rlardanfoydalanish”  mavzusidama’ruzasi bilan yakunladi.

1

2

3